Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10272 marta o'qildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

2026-yil uchun qanday natijalar rejalashtirilgan?

Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yil uchun quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan:

  • ichki turistlar — 996 ming nafar;
  • xorijiy turistlar — 180 ming nafar;
  • turizm xizmatlari eksporti — 59,5 mln AQSh dollari;
  • mehmonxona xonalari — 1 905 ta;
  • mehmonxonalarning o‘rtacha bandligi — 74 foiz;
  • joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar — 3 370 ta.

2026-yilda mehmonxonalar sonini 50 taga, oilaviy mehmon uylarini 92 taga, xostellarni 48 taga etkazish maqsad qilingan.

Orolbo‘yi turizmiga qanday e’tibor qaratilgan?

Qarorda Orolbo‘yining o‘ziga xos tabiiy, ekologik, tarixiy va madaniy imkoniyatlaridan foydalanib turistik mahsulotlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qoraqalpog‘iston va Orolbo‘yi turizm salohiyatini xorijda targ‘ib qilish, mintaqaning turistik brendini shakllantirish va xalqaro axborot maydonida keng yoritish choralari nazarda tutilgan.

Joylashtirish xizmatlari

Turistlar oqimining o‘sishiga mos ravishda mehmonxona, oilaviy mehmon uyi va xostellar tarmog‘ini kengaytirish hamda mavjud turistik hududlarda xizmatlar sifatini oshirish 2026-yilgi maqsadli ko‘rsatkichlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Chat