Xona mikroiqlimi — havo harorati, nisbiy namlik, havo harakati va havo almashinuvi kabi insonning salomatligi va ish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlar majmuasi.
Ta’lim tashkilotida barcha xonalar uchun bitta umumiy harorat ko‘rsatkichi belgilanmagan. Me’yor sinf, laboratoriya, ustaxona, yotoqxona yoki AKT xonasi ekaniga qarab belgilanadi.
Sovuq mavsumda sinf, o‘quv xonasi, laboratoriya, musiqa sinfi va kutubxonaning o‘qish qismi uchun hisobiy harorat iqlim zonasiga qarab:
Issiqlik komfortining chegaraviy va optimal ko‘rsatkichlari bundan yuqori bo‘lishi mumkin. 1–4-sinflar va bino burchagida joylashgan xonalarda haroratni jadvaldagi ko‘rsatkichdan 1–2°C yuqori belgilash tavsiya etiladi.
Havo almashinuvi hisob-kitob asosida, biroq har bir kishi uchun soatiga kamida 20 m³ bo‘lishi kerak.
Ish joylarida harorat:
Ushbu ko‘rsatkichlar ishning og‘irligiga bog‘liq mehnatni muhofaza qilish me’yorlari bo‘lib, har bir sinf xonasining yagona sanitariya me’yori hisoblanmaydi.
Fizika o‘quv laboratoriyasida:
Laboratoriyada shamollatish, elektr va boshqa muhandislik tizimlari xavfsiz holatda bo‘lishi shart.
AKT va kompьyuter o‘quv xonalarida:
Kompьyuterlar issiqlik chiqargani sababli xonani muntazam shamollatish va havo aylanishini ta’minlash muhim.
O‘quvchi yoki ota-ona:
Muammo hal etilmasa, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi organiga yoki vakolatli sanitariya-epidemiologiya organiga murojaat qilish mumkin.