Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6446 marta o'qildi

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish — bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa — 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —

Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda 30 sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Chat