Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6248 marta o'qildi

Fuqarolar yig‘inining vakolatlari

Fuqarolar yig‘ini:
  • fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini), uning o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va a’zolarini saylaydi;
  • fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining va fuqarolar yig‘ini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini tasdiqlaydi;
  • fuqarolar yig‘ini kengashi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
  • fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
  • aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
  • va boshqalar;

Fuqarolar yig‘ini kengashining vakolatlari

  • Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantiriladi.
  • Fuqarolar yig‘ini kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va maslahatchilari, mas’ul kotib, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari va ularning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, ta’lim muassasalarining, qishloq vrachlik punktlarining va oilaviy poliklinikalarning rahbarlari kiradi.

Fuqarolar yig‘inining kengashi:
  • fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi;
  • fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi;
  • fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashining devonini shakllantiradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular o‘z saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi;
  • va boshqalar.

Chat