Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31921 marta o'qildi

Markazlar qanday faoliyat yuritadi?

Markazlar mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.

Markaz binolari tadbirkorlik sub’ektlariga tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik, fitnes, sheyping, kasbga o‘qitish va boshqa tegishli faoliyatni tashkil etish uchun 5 yil muddatga ijaraga berilishi mumkin.

Davlat granti qancha miqdorda beriladi?

Bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlash uchun har bir ish bilan ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz hisobiga tadbirkorlik sub’ektiga 3 mln so‘mgacha davlat granti ajratiladi.

Grant mablag‘lari, asosan, markazda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik, hunarmandchilik va boshqa ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun zarur dastgoh, uskuna va jihozlarni sotib olishga yo‘naltiriladi.

Qaysi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar ustuvor?

Grant, jumladan:

  • Ijtimoiy reestr yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan;
  • ishsiz, ayniqsa qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
  • xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan;
  • nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
  • norasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan;
  • odam savdosi, tazyiq yoki zo‘ravonlikdan jabrlangan va mushkul iqtisodiy ahvoldagi;
  • ta’lim muassasasini bitirib, ishsiz qolgan;
  • jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoki profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar uchun ajratilishi mumkin.

Grant olish uchun nima taqdim etiladi?

Tadbirkorlik sub’ekti mahalla fuqarolar yig‘ini orqali:

  • ijtimoiy loyiha va biznes-rejani;
  • faoliyat yo‘nalishi va yaratiladigan yangi ish o‘rinlari haqida ma’lumotni;
  • so‘ralayotgan grant miqdorini;
  • xarid qilinishi rejalashtirilgan asbob-uskuna va jihozlar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Mahalla hujjatlarni 3 kun ichida, tuman (shahar) ishchi guruhi 5 kun ichida, hududiy mas’ullar esa 2 kun ichida keyingi bosqichga taqdim etadi. Loyihalar grant komissiyasi tomonidan har chorakda ko‘rib chiqiladi; grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, mablag‘lar tadbirkorlik sub’ekti hisobvarag‘iga 15 ish kuni ichida o‘tkaziladi.

Chat