Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11547 marta o'qildi

Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.


Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida bandligi ta’minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.

Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:

  • Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan; 
  • ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan; 
  • xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
  • nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz; 
  • norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan; 
  • odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan; 
  • umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy ta’limda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar; 
  • muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
Chat