Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2593 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendum yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorni referendum o‘tkazilgandan keyin ko‘pi bilan 10 kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va rasmiy manbalarda e’lon qiladi.

Referendumda qonun qabul qilingan taqdirda, uning matni referendum yakunlari bo‘yicha qaror bilan birga e’lon qilinadi.

Agar referendumda qabul qilingan qarorning, qonunning mazmunidan boshqacha qoida kelib chiqmasa, referendumda qabul qilingan qaror, qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

  • Referendumda qabul qilingan qaror, shu jumladan qonun shaklida qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kunning o‘zida uning ijrosini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
  • Referendumda qabul qilingan qaror O‘zbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga muvofiqlashtirilmog‘i lozim.

Chat