Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2756 marta o'qildi

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan etkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash boquvchi vafot etganligi munosabati bilan etkazilgan zararning o‘rni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga quyidagilarni to‘lashni o‘z ichiga oladi:

  • bir yo‘la beriladigan nafaqani;
  • boquvchining yo‘qotilgan ish haqi o‘rnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik to‘lovlarni;
  • qo‘shimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni.

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan etkazilgan ziyonning o‘rni quyidagicha qoplanadi:
  • voyaga etmagan shaxslarga — 18 sakkiz yoshga to‘lguniga qadar;
  • 18 yoshdan oshgan o‘quvchilarga — kunduzgi ta’limni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar;
  • 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
  • marhumning qaramog‘ida bo‘lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo‘lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a’zosiga — qaramog‘idagi shaxslar 14 yoshga to‘lguniga qadar.

Mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

Chat