Manzil-ma’lumot axborotlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma jismoniy shaxsning:
to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotni tasdiqlaydi.
Muhim! Fuqaroga boshqa shaxsning emas, faqat o‘zining manzil-ma’lumot axboroti taqdim etiladi.
Davlat xizmatidan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
Ariza Davlat xizmatlari markazi orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda beriladi.
So‘rovnomada, jumladan, quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ma’lumotnoma axborot tizimi orqali avtomatik ravishda, real vaqt rejimida shakllantiriladi.
Ma’lumotnoma elektron shaklda QR-kod bilan tasdiqlanadi va ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, ma’lumotnoma ariza beruvchining xohishiga ko‘ra elektron yoki qog‘oz shaklda beriladi.
Ma’lumotnomada noto‘g‘ri ma’lumot aniqlansa, fuqaro ichki ishlar organlarining tegishli migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishi mumkin.