Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6112 marta o'qildi

Ish beruvchi kasanachi uchun ishlab chiqarish topshirig‘ini belgilashda butun ishlar majmuini bajarish uchun ish vaqtining umumiy davomiyligi normal yoki qisqartirilgan ish vaqti davomiyligidan oshib ketmasligi uchun ishlarning ayrim turlarini bajarishga doir vaqt normativlarini hisobga olishi kerak.

  • Kasanachi ishlab chiqarish topshirig‘i hajmidan hamda mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda o‘zi uchun ish vaqti davomiyligini, ish jadvalini va tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
  • Kasanachi ish vaqtini o‘z xohishiga ko‘ra taqsimlashini inobatga olib, u bajargan barcha ish uchun bir hissa miqdorda haq to‘lanadi va unga nisbatan ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida, shuningdek tungi vaqtda ishlaganligi uchun mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etilmaydi.

Kasanachining yillik mehnat ta’tili davomiyligi, agar kasanachi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq davomiyligi ko‘proq bo‘lgan yillik mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega bo‘lmasa, 21 kalendarь kundan kam bo‘lishi mumkin emas.

  • Kasanachilarga yillik mehnat ta’tilini berish vaqti va navbati kasanachi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilanadi.
Chat