Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10242 marta o'qildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar barcha darajalardagi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish va o‘z qobiliyatini yanada to‘liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta’lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.


Nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi, professional ta’limi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo‘lganda esa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning maktabdan tashqari ta’limi bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, «Barkamol avlod» bolalar maktabida, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limi oliy ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oliy ta’limdan keyingi ta’limi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.
  • Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini o‘tayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mazkur muassasalarda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

  • Professional ta’lim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ularda o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi.


  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinmagan abiturientlar to‘plagan ballari bilan ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi.
  • Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini oliy ta’limning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko‘chirilishiga ruxsat etiladi.
Chat