Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3528 marta o'qildi

Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:

  • nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
  • eshitishida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
  • ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun;
  • psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
  • aqlik zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
  • tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun.

Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati

Bolani tekshiruvdan o‘tkazish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • bolaning qonuniy vakili arizasi;
  • bolaning qonuniy vakillari pasportining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;
  • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining asl nusxasi va ko‘chirma nusxasi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi;
  • davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma, mutaxassislarning xulosalari bilan birga.

Komissiyaning bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
  • ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
  • eshitishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
  • tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
  • nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
  • psixik rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
  • aqli rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha.

Xulosa bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonning og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi.

Chat