Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6954 marta o'qildi

Ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga quyidagilar ega bo‘ladilar:
  • onkologik kasalliklarga chalinganlar;
  • sil kasalligiga chalinganlar;
  • moxov kasalligiga chalinganlar;
  • endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
  • ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
  • OIV kasalligini yuqtirganlar;
  • yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
  • dasturli gemodializ oluvchi bemorlar;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
  • 1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941-1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
  • Chernobilь AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • baynalmilalchi jangchilar;
  • harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

​​​​Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalarining ro‘yxati

Dori vositasining 
xalqaro patentlanmagan nomi

Dori vositasining shakli

I. Onkologik kasalliklarga chalinganlar uchun

Esterogenga qarshi vosita

Tamoksifen

tabletka 10 mg

tabletka 20 mg

Narkotik analьgetik vositalar

Morfin

in’ektsiya uchun eritma 1% 1 ml

Omnopon

in’ektsiya uchun eritma 1% 1 ml

Trimeperidin

in’ektsiya uchun eritma 1% 1 ml; 2% 1 ml

Tramadol

in’ektsiya uchun eritma 5% 2 ml

kapsula 50 mg

II. Sil kasalligiga chalinganlar uchun

Izoniazid

tabletka 100 mg; 200 mg; 300 mg

Rifampitsin

kapsula 150 mg; 300 mg

Streptomitsin

in’ektsiya uchun kukun 0,5 g; 1 g

Kapreomitsin

in’ektsiya uchun kukun 0,5 g; 0,75 g; 1 g; 2 g

Protionamid

tabletka 250 mg

Sikloserin

kapsula 250 mg

Levoflonoksatsin

tabletka 250 mg; 500 mg; 750 mg

Para-aminosalitsilovaya kislota (PASK)

infuzion eritma tayyorlash uchun liofilizat 13,49 g/500 ml

Etambutol

tabletka 400 mg

Pirazinamid

tabletka 150 mg; 500 mg; 750 mg; shimish uchun 150 mg

Voda dlya in’ektsiy

2 ml; 3 ml; 4 ml; 5 ml; 10 ml

III. Moxov kasalligiga chalinganlar uchun

Rifampitsin

kapsula 150 mg; 300 mg

IV. Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar uchun

Qandsiz diabetga qarshi vosita

Desmopressin/Vazopressin

burun tomchilari 100 mkg/ml 5 ml

Qandli diabetga qarshi vositalar

Har xil davomli ta’sirdagi, jumladan aralash
ta’sirdagi biosintetik odam insulinning analoglari

100 XB /ml suspenziya 3 ml katridj; shprits-ruchka

100 XB /ml suspenziya 10 ml

100 XB /ml suspenziya 5 ml

Glibenklamid

tabletka 1,75 mg; 2,5 mg; 3,5 mg

Gliklazid

tabletka 30 mg; 60 mg; 80 mg

Metformin

tabletka 500 mg; 850 mg; 1000 mg

V. Ruhiy kasalliklarga chalinganlar uchun

Tutqanoqqa qarshi vositalar

Karbamazepin

tabletka 200 mg; 400 mg

Benzobarbital

tabletka 100 mg

Fenobarbital

tabletka 100 mg

Neyroleptik vositalar

Levomepromazin

tabletka 25 mg

Klozapin

tabletka 25 mg; 100 mg

Risperidon

tabletka 0,5 mg; 1 mg; 2 mg; 3 mg; 4 mg

Galoperidol

tabletka 1,5 mg; 5 mg

in’ektsiya uchun eritma 0,5% 1 ml; 5% 1 ml

Xlorpromazin

draje 25 mg; 50 mg; 100 mg

Trankvilizator vositalar

Diazepam

tabletka 5 mg; 10 mg

in’ektsiya uchun eritma 0,5% 2 ml

Fenazepam

tabletka 0,5 mg; 1 mg; 2,5 mg

Depressiyaga qarshi vositalar

Amitriptilin

tabletka 10 mg; 25 mg

in’ektsiya uchun eritma 1% 2 ml

Parkinson sindromiga qarshi vositalar

Trigeksifenidil

tabletka 2 mg; 5 mg

VI. OIV kasalligini yuqtirganlar uchun

Lamivudin

tabletka 150 mg

ichish uchun eritma 50 mg/5 ml 100 ml; 10 mg/1 ml 240 ml

Zidovudin

tabletka 300 mg

ichish uchun eritma 50 mg/5 ml 240 ml

Abakavir

tabletka 300 mg

ichish uchun eritma 10 mg/1 ml 240 ml; 20 mg/ml 
240 ml

Didanozin

tabletka 400 mg

Efaverenz

tabletka 600 mg

kapsula 50 mg; 200 mg

Nevirapin

ichish uchun eritma 50 mg/5 ml 240 ml

tabletka 200 mg

Lopinavir/ritonavir

tabletka 100 mg/25 mg; 200 mg/50 mg

ichish uchun eritma 20 mg/ml; 80 mg/ml

Lamivudin/zidovudin

tabletka 150 mg/300 mg

Tenafovir/emtritsitabin

tabletka 200 mg/300 mg

Tenafovir/emtritsitabin/efaverenz

tabletka 200 mg/300 mg/600 mg

Tenafovir/lamivudin

tabletka 200 mg/150 mg; 300 mg/300 mg

Tenafovir/lamivudin/efaverenz

tabletka 200 mg/150 mg /600 mg; 300 mg/300 mg /600 mg

VII. Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar uchun

Varfarin

tabletka 2,5 mg; 3 mg; 5 mg

Siklosporin

kapsula 25 mg; 50 mg; 100 mg

in’ektsiya uchun kontsentrat 50 mg/ml 1 ml; 5 ml

Takrolimus

kapsula 0,5 mg; 1 mg; 3 mg; 5 mg

in’ektsiya uchun kontsentrat 5 mg/ml 1 ml

Aziotioprin

kapsula 250 mg; 500 mg

Mikofenolata mofetil

tabletka 500 mg; kapsula 250 mg

VIII. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar, 1941 - 1945-yillardagi
urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar,
1941 - 1945-yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari, Chernobilь AESidagi
halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan - nogiron shaxslar, baynalmilalchi jangchilar,
harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya
yoshidagi shaxslar uchun

Miya qon aylanishini yaxshilovchi vosita

Sinnarizin

tabletka 25 mg; 75 mg

Safro haydovchi vosita

Alloxol

tabletka

Periferik neyromediator jarayoniga ta’sir qiluvchi vosita

Doksazozin

tabletka 1 mg; 2 mg; 4 mg; 8 mg

Zaharlanish va intoksikatsiyada qo‘llaniladigan vosita

Ugolь aktivirovannыy

tabletka 250 mg

Spazmolitik vosita

Platifillin

tabletka 5 mg

shamchalar 10 mg

N-2 gistamin retseptor blokatori (oshqozon yarasiga qarshi)

Famotidin

tabletka 10 mg; 20 mg; 40 mg

N+K+AT faza ingibitor vositasi

Omeprazol*

kapsula 20 mg

Ferment vosita

Pankreatin

tabletka (ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan)

kapsula 150 mg; 300 mg

Ich yumshatuvchi vositalar

A+B Sennozidlar

tabletka 15 mg; 70 mg

Bisakodil

tabletka 5 mg

shamchalar 10 mg

Yurak glikozid vositasi

Digoksin

tabletka 0,1 mg; 0,25 mg

Sedativ vositalar

Korvalol

ichish uchun tomchilar 25 ml; 30 ml

Valeriana

tabletka 20 mg; 200 mg

nastoyka 25 ml; 30 ml; 40 ml; 50 ml

Kardioselektiv beta adrenoblokator vositalar

Atenolol

tabletka 25 mg; 50 mg; 100 mg

Bisoprolol

tabletka 1,25 mg; 2,5 mg; 5 mg; 10 mg

3-guruh antiaritmik vosita

Amiodaron

tabletka 200 mg

Kalьtsiy kanallari blokator vositasi

Nifedipin

tabletka 10 mg; 20 mg; 30 mg

Antianginal vositalar

Nitroglitserin va uning uzoq ta’sirli shakli

tabletka 0,5 mg; 0,75 mg

Izosorbita mononitrat

tabletka 20 mg; 40 mg

Pentoeritritil tetranitrat*

tabletka 10 mg

Kaliy va magniy preparat

Asparkam

tabletka

Antiagregant vositalar

Dipiridamol

tabletka 25 mg; 75 mg

Atsetilsalitsilovaya kislota

tabletka 50 mg; 75 mg; 100 mg; 150 mg; 
250 mg; 300 mg; 500 mg

Diuretik vositalar

Gidroxlortiazid

tabletka 25 mg; 50 mg; 100 mg

Furosemid

tabletka 40 mg

Spirinolakton*

tabletka 25 mg

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitor vosita

Enalapril

tabletka 2,5 mg; 5 mg; 10 mg; 20 mg

Nootrop vosita

Piratsetam

tabletka 200 mg; kapsula 200 mg; 400 mg; 800 mg; 1200 mg

in’ektsiya uchun eritma* 200 mg/ml 5 ml

Periferik qon aylanishini yaxshilovchi vosita

Pentoksifillin*

tabletka 100 mg; 400 mg; 600 mg

Trankvilizator vosita

Fenazepam

tabletka 0,5 mg; 1 mg; 2,5 mg

Antibiotik vositalar

Ampitsillin

in’ektsiya uchun kukun 0,5 g; 1 g

tabletka 250 mg; 500 mg

Sefazolin

in’ektsiya uchun kukun 0,5 g; 1 g

Azitromitsin

tabletka 250 mg; 500 mg; kapsula 250 mg; 500 mg

Sulьfanilamid vosita

Nitroksolin

tabletka 50 mg

Ftoroxinolon vosita

Siprofloksatsin

tabletka 250 mg; 500 mg; 750 mg

ko‘z tomchilari 0,3% 5 ml

Buyrak usti bezi gormonlari va glyukokortikoid vositalar

Beklometazon

ingalyatsiya uchun aerozolь (1 doza) 100 mkg yoki 250 mkg

Prednizolon

tabletka 5 mg; 10 mg; 20 mg; 40 mg

surtma 0,5% 10 g; 15 g

Miotrop spazmolitik vositalar

Drotaverin

tabletka 40 mg; 80 mg

Aminofillin

tabletka 150 mg; 300 mg

Oftalьmologiyada qo‘llaniladigan vositalar

Taurin

ko‘z tomchilari 4% 5 ml; 10 ml

Timolol

ko‘z tomchilari 0,25%; 0,5% 5 ml; 10 ml

Pilokarpin

ko‘z tomchilari 1% 5 ml; 1% 8 ml; 2% 10 ml; 4% 10 ml

Emoksipin*

ko‘z tomchilari 1% 5 ml; 10 mg/ml 1 ml

Yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar

Ketoprofen

kapsula 50 mg; 150 mg; 200 mg

gelь 2,5% 30 g; 50 g

krem 2,5%; 5% 30 g; 50 g

shamchalar 100 mg

Diklofenak

tabletka 25 mg; 50 mg; 75 mg; retard tabletka 100 mg

in’ektsiya uchun eritma 25 mg/ml 3 ml; 
75 mg/3 ml

gelь 1% 15 g; 20 g; 25 g; 30 g; 40 g

Nonarkotik analьgetik vositalar

Metamizol natriya

tabletka 500 mg; in’ektsiya uchun eritma 25%; 50%; 2 ml

Paratsetamol

tabletka 200 mg; 500 mg

Antigistamin vositalar

Xlorpramin

tabletka 25 mg

Ketotifen

tabletka 1 mg

sirop 0,2 mg/ml 125 ml

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar

Prokain

in’ektsiya uchun eritma 0,5% 1 ml; 2 ml; 
5 ml; 10 ml

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita

Bromgeksin

tabletka 8 mg; 30 mg

Ambroksol*

tabletka 30 mg

Qandli diabetga qarshi vosita

Glimeperid*

tabletka 1 mg; 2 mg

Antiadrogen vosita

Finasterid*

tabletka 5 mg

Dori vositalarini imtiyozli berish:

  • ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha;
  • dorixonalar tomonidan bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti  asosida bepul beriladi.

Quyidagi dori vositalariga retseptlar yozish yashash joyidagi ambulatoriya-poliklinika muassasasining davolovchi vrachi tomonidan amalga oshiriladi:
  • o‘smaga qarshi va giyohvandlik vositalari (onkologik, gematologik bemorlarga) - onkolog va (yoki) gematologning tavsiyasi asosida;
  • qandli diabet va qandsiz diabetga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash vositalari - endokrinologning tavsiyasi asosida;
  • psixotrop vositalar (ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarga) - psixiatrning tavsiyasi asosida;
  • infektsiyaga qarshi preparatlar (OIVni yuqtirgan bemorlarga) - ambulatoriya-poliklinika muassasasi huzuridagi yuqumli kasalliklar xonasining infektsionist vrachining tavsiyasi asosida;
  • silga qarshi vositalar (silga chalingan bemorlarga) - ftiziatrning tavsiyasi asosida.

Retseptni olish uchun bemorlar (ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, qarindoshlar) ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatni (hujjatlarni) ko‘rsatgan holda bemorlar hisobda turadigan joydagi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan joydagi ambulatoriya-poliklinika muassasasiga murojaat qiladilar.

Retsept berilgan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiydir.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Hayotiy misol:

Savol: X. ismli shaxs qandli diabet kasalligi bilan kasallanganligi, ushbu kasallik bo‘yicha ambulatoriya tartibida davolanishi uchun qanday turdagi dori vositalarini olish uchun imtiyozga egaligi haqida huquqiy tushuntirish berishni so‘radi.

Javob: Qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan shaxslar qandli diabetga qarshi har xil davomli ta’sirdagi, jumladan aralash ta’sirdagi biosintetik odam insulinning analoglari: 100 XB /ml suspenziya 3 ml katridj; shprits-ruchka; 5 yoki 10 ml 100 XB /ml suspenziya, shuningdek glibenklamid (1,75 mg; 2,5 mg; 3,5 mg) tabletkasi; gliklazid (30 mg; 60 mg; 80 mg) tabletkasi; metformin (500 mg; 850 mg; 1000 mg) tabletkasi kabi dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanadi.

Ushbu dori  vositalari bilan ta’minlash ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali (davolovchi vrachning tayinlashi bo‘yicha) yoxud dorixonalar orqali (davolovchi vrachning retsepti bo‘yicha) bepul berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Chat