Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9739 marta o'qildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida quyidagi shaxslarga bepul yordam ko‘rsatiladi
  • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • Chin etimlar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
  • 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
  • Chernobilь AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • Baynalmilalchi-jangchilar;
  • Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalarning a’zolari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
  • Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari.

Chat