Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16831 marta o'qildi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish  imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

Kimlar ariza berishi mumkin

Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish uchun barcha kurs talabalari elektron tartibda murojaat qilishi mumkin.

Arizalar har yili 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar qabul qilinadi.

Shu sababli materialni faqat «1-kursga tavsiya etilganlar» bilan cheklab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.

Qaerga murojaat qilinadi

Talaba:

— Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki ishonchli vakil orqali;

— YaIDXP orqali mustaqil ravishda murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnoma yuborilgach, maxsus axborot tizimi talabani avtomatik ravishda:

imtiyozli ro‘yxatga;

— yoki umumiy ro‘yxatga kiritadi.

Agar bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lsa, elektron yo‘llanma shakllanadi. Bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, talaba navbatga qo‘yiladi va unga bu haqda xabarnoma yuboriladi.

Imtiyozli ro‘yxat

Imtiyozli tartibda joylashish huquqiga ega toifalar qatoriga, jumladan:

— etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

Ijtimoiy reestr, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar;

— I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

— ayrim respublika va xalqaro olimpiada, tanlov va intellektual musobaqa g‘oliblari;

— qonunchilikda belgilangan boshqa toifalar kiradi.

Ushbu ma’lumotlarning aksariyati davlat axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi. Tizimda ma’lumot topilmasa, tasdiqlovchi hujjat so‘ralishi mumkin.

Umumiy navbat qanday taqsimlanadi

Imtiyozli talabalar joylashtirilgandan keyin qolgan o‘rinlar umumiy ro‘yxat bo‘yicha taqsimlanadi.

Umumiy ro‘yxatda qolgan o‘rinlarning:

55–65 foizi — 1-kurs talabalariga;

15–20 foizi — 2-kurs talabalariga;

20–25 foizigacha — 3-kurs va undan yuqori kurs talabalariga ajratiladi.

Bunda kunduzgi ta’lim talabalariga va OTM joylashgan hududdan boshqa joyda doimiy yashaydigan talabalarga ustuvorlik beriladi, keyin esa ariza berilgan sana bo‘yicha navbat hisobga olinadi.

Har bir o‘quv yili tugagach navbatlar bekor qilinib, avgustdan yangi murojaatlar asosida qayta shakllantiriladi.

Yo‘llanma qanday beriladi

Bo‘sh o‘rin paydo bo‘lganda tizim elektron yo‘llanmani:

  1. avval imtiyozli ro‘yxat;
  2. keyin umumiy ro‘yxat navbati bo‘yicha avtomatik ravishda shakllantiradi.

Elektron yo‘llanma qog‘oz shaklidagi hujjat bilan teng yuridik kuchga ega va OTM hamda talabaga elektron tarzda yuboriladi.

Talabani yo‘llanmasiz talabalar turar joyiga qabul qilish taqiqlanadi. Yo‘llanma faqat u berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.

Eslatma: elektron yo‘llanma shakllangandan keyin talaba 10 ish kuni ichida OTM bilan shartnoma tuzishi va birinchi oy uchun to‘lovni amalga oshirishi kerak. Aks holda yo‘llanma bekor qilinadi.

Turar joy uchun shartnoma

Yo‘llanma OTMga kelib tushgan kuni talabalar turar joyida yashash bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiriladi.

Talabalar turar joyi uchun oylik to‘lov miqdori va uni to‘lash muddatini OTM belgilaydi, ushbu shartlar talabaga tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.

Chat