Notarius fuqaroning tirik ekanligi faktini uning shaxsiy iltimosiga ko‘ra va bevosita ishtirokida tasdiqlaydi.
Buning uchun fuqarodan yozma ariza olinadi. Notarial harakat natijasida murojaat qiluvchiga uning tirik ekanligi faktini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi.
Fuqaroning tirik ekanligi fakti uning ishtirokisiz, telefon orqali berilgan ma’lumot yoki boshqa shaxsning og‘zaki murojaati asosida tasdiqlanmaydi.
Murojaat qiluvchi quyidagilarni taqdim etadi:
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning shaxsi tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, unga ID-karta berilgan bo‘lsa — ID-karta asosida aniqlanishi mumkin.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsi milliy pasport, yashash guvohnomasi yoki qonunchilikda tan olingan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.
Voyaga etmagan shaxsning tirik ekanligi fakti uning:
tomonidan berilgan yozma iltimos asosida tasdiqlanadi.
Murojaat qiluvchi shaxs yoki tashkilot vakili o‘z vakolatini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi. Voyaga etmagan shaxs notarius huzurida bevosita ishtirok etishi kerak.
«Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, alohida stavka belgilanmagan boshqa notarial harakat uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida undiriladi.
Huquqiy tushuntirish berish, hujjat loyihasini tayyorlash, rasmiy blank va boshqa huquqiy-texnik harakatlar uchun belgilangan maksimal stavkalar doirasida qo‘shimcha haq undirilishi mumkin.
Tartib «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilangan.