Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 5488 marta o'qildi

Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.

Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.

Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.

Hizmatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • et el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Saqlash uchun topshiriladigan Hujjatlar.

3. Ro‘yxat ikki nusxada.

4. Vakil vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).

Hizmatni olish narhi:

  • Davlat boji.
  • Notarial xarakatlarni amalga oshirishga doim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berish uchun.
  • Notarial tasdiqlanadigan hujjatlar loyihalarini tuzish uchun.
  • Rasmiy blanka uchun to‘lov.

Boshqa shartlar:

“Notariyat to‘g‘risida”gi Qonunning: 

83-moddasi. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish

Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.

Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.

Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.

84-modda. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlarni qaytarish

Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar ularni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoxud sudning qarori bo‘yicha qaytarib beriladi.

 

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA.

27-§. Hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish

207. Notarius hujjatlarni saqlash uchun ro‘yxat bo‘yicha qabul qilib oladi.

Ro‘yxat ikki nusxada tuzilib, hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxs va notarius tomonidan imzolanadi. Ro‘yxatning bir nusxasi notariusda qoladi, boshqa nusxasi hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga beriladi.

Agar hujjatlar lozim tarzda o‘rab joylashtirilgan bo‘lsa, shaxsning iltimosiga ko‘ra notarius ularni ro‘yxatsiz ham qabul qilib olishi mumkin. Hujjatlar o‘ramiga notariusning muhri qo‘yiladi hamda u notarius va hujjatlarni topshirgan shaxs tomonidan imzolanadi. Bunday hollarda notarius hujjatlar o‘ramining but saqlanishi uchun javob beradi.

Hujjatlarni saqlash uchun topshirgan shaxsga guvohnoma beriladi.

208. Qabul qilib olingan hujjatlar notarial idoraning muhri bilan muhrlangan temir javon yoki seyflarda alohida paketlarda saqlanadi.

209. Saqlash uchun qabul qilingan hujjatlar uni saqlash uchun topshirgan shaxsga yoki uning qonuniy vakiliga guvohnoma va (yoki) ro‘yxatni taqdim etganidan keyin yoki sudning qaroriga ko‘ra qaytariladi.

Chat