Xizmatdan:
Murojaat ro‘yxatdan o‘tgan manzildan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi yoki Davlat xizmatlari markaziga berilishi mumkin. Elektron murojaat YaIDXP orqali yuboriladi.
So‘rovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ariza beruvchidan ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa hujjat yoki ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Davlat xizmati uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan boj summasining 90 foizi undiriladi.
Ma’lumotlar dastlab 2 ish kunida tekshiriladi. Keyin Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi taklifning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha 7 ish kunida xulosa beradi. Ijobiy xulosa olingach, QR-kodli taklifnoma 1 ish kunida rasmiylashtiriladi.
Shunday qilib, hujjatlar to‘liq va to‘g‘ri taqdim etilganda xizmatning umumiy muddati, odatda, 10 ish kunini tashkil etadi.
Kamchiliklar aniqlansa, ariza beruvchiga ularni bartaraf etish uchun xabarnoma yuboriladi. Ariza beruvchi 5 ish kuni ichida qayta murojaat qilsa, qo‘shimcha davlat boji undirilmaydi.
Taklifnoma QR-kodli elektron hujjat shaklida:
Taklifnomaning rasmiylashtirilishi chet el fuqarosiga viza avtomatik ravishda berilganini anglatmaydi. Viza talab etiladigan hollarda chet el fuqarosi belgilangan tartibda viza olishi kerak.