Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7422 marta o'qildi

Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (539-son, 14.10.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-oktabrdan:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
  • ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha arizalarni qabul qilish vakolati beriladi.

2024-yil 1 yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganiladi va o‘rganish ma’lumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritib boriladi.

2024/2025 o‘quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy ta’lim muassasalariga “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

2024-yil 1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to‘lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar integratsiya qilinadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:

  • 2023-yil 1 noyabrdan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yiladigan tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar uchun psixologik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi;
  • 2023-yil 15-noyabrgacha o‘zining tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli bino va inshootlarga ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini, zaruratga ko‘ra, tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralari ko‘riladi;
  • 2023-yil 1 dekabrgacha tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxs uchun sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar integratsiyasi ta’minlanadi;
  • 2024-yil 1 yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

 

Chat