Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 3757 marta o'qildi

Buning uchun dastlab sotuvchi "E-notarius.uz" axborot portalida «Notarial harakatni rasmiylashtirish»ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

  1. So‘ng sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi;
  2. sotuvchi sotib oluvchining  JShShIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
  3. sotib oluvchining telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib Face-Id orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi; 
  4. avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
  5. notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va  taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
  6. belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferentsaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi. 

Bitimning asl nusxalari esa taraflarga kurьerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Chat