Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 4321 marta o'qildi

Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.

Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi.

Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha «adliya» yoki «tibbiy xizmat» so‘zlari qo‘shiladi.

  • Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste’fodagi» degan so‘zlar qo‘shiladi.
  • Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
  • Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.

Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin.

Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari etarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirliklar va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin.

Chat