Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2245 marta o'qildi

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi.

Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktyabrь-noyabrь oylarida amalga oshiriladi.

  • Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
  • Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari tuziladi.
  • Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi.

Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar.

Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar.

Chat