O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mahallalarning aholi bilan davlat o‘rtasidagi «ko‘prik» sifatidagi rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining ishtirokini kengaytirish va joylardagi muammolarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan. Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, shuningdek tuman va shahar bo‘limlari mavjud.
Uyushmaning asosiy vazifalariga:
«Mahalla ettiligi» jamoatchilik asosida hamkorlik qiladigan quyidagi mas’ullardan iborat:
Har bir a’zo o‘z sohasi bo‘yicha aholi muammolarini aniqlash va hal etishda ishtirok etadi. Jumladan, ijtimoiy xodim og‘ir ahvoldagi shaxs va oilalarga ijtimoiy xizmatlarni tashkil etadi, soliq inspektori esa tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish va mahalla byudjeti daromadlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
Jismoniy shaxslarni «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritish, shuningdek tegishli daftarlar va davlat jamg‘armalari orqali ayrim ijtimoiy yordamlar hamda subsidiyalarni ajratish «mahalla ettiligi»ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi.
Mahallalarga tegishli mablag‘larni taqsimlashda aholi soni, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar soni va nogironligi bo‘lgan shaxslar soni hisobga olinadi.
Har bir mahallada ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish jamg‘armasi mavjud. Uning mablag‘lari, jumladan: