Ushbu shaxslar to‘g‘risidagi reestr «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida yuritiladi.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularning murojaatlarini qabul qilish mahalla darajasida amalga oshiriladi.
«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi:
Reestrga kiritilgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar tegishli ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish uchun davlat organlariga elektron tarzda taqdim etiladi.
Reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi.
Xizmatlarning turi, hajmi, muddati va ularni ko‘rsatish tartibi shaxsning ehtiyojlari asosida tuzilgan individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilanadi.
Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari yoki identifikatsiya ID-kartalari ular reestrga kiritilguniga qadar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi.
Reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek ularga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta:
borish va qaytish uchun bepul chipta ajratiladi.
Reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam beriladi.
Mazkur moddiy yordam:
tatbiq etilmaydi.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shartnoma asosida:
ko‘rsatiladi.
Ushbu xizmatlar 2025-yil 1-iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida yo‘lga qo‘yilgan.
Markazlarda istiqomat qiluvchi shaxslarga ehtiyoji va xohishiga ko‘ra:
imkoniyati yaratiladi.
Ijtimoiy xizmatlar sifati va individual ijtimoiy xizmatlar rejasining natijalari har olti oyda bir marta:
tomonidan monitoring qilinadi.
Monitoring jarayonida xizmatlarning muddati, natijasi, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek xizmat oluvchining qoniqish darajasi baholanadi.