Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1886 marta o'qildi

“Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransport vositalariga yo‘l varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1 apreldan 2024-yil 1 oktyabrgacha Yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalarini elektron rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi. 

Bu davrda:

  • elektron yo‘l varaqalari Transport vazirligining “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimining “Elektron yo‘l varaqa” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va yuritiladi;
  • elektron yo‘l varaqalari avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan mustaqil rasmiylashtiriladi;
  • yo‘l varaqalarining qog‘oz shaklidan foydalanishni cheklamagan holda uning elektron ko‘rinishiga bosqichma-bosqich o‘tiladi;
  • elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy engil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi;
  • mazkur tizim platformasini yaratish, joriy etish va unga xizmat ko‘rsatish uchun manfaatdor tashkilotlar (milliy operatorlar) tanlov asosida jalb etilishi mumkin;
  • tizimdan foydalanganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun elektron yo‘l varaqalari tizimi platformasi joriy etilishi nazarda tutilgan.

Chat