Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
OAV bosh muharriri ommaviy axborot vositasining chiqarilishi haqida qaror qabul qiladi va uning faoliyati uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi. Jurnalist ham o‘zi tayyorlagan va tarqatgan materiallarning haqqoniyligini tekshirishi shart.
Bosh muharrir va jurnalist OAVda haqiqatga mos kelmaydigan material tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:
Muhim: rasmiy manbadagi ma’lumot mazmunini o‘zgartirish, uni noto‘g‘ri talqin qilish yoki manbada bo‘lmagan xulosani qo‘shish jurnalistni avtomatik ravishda javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Shaxsning qadr-qimmatini kamsitadigan yoki uni obro‘sizlantiradigan yolg‘on axborotni OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda tarqatish:
Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish:
OAV mahsulotini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki uni chiqarish yoxud nashr etishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganidan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish:
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va ularni OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda tarqatish:
Yuridik yoki jismoniy shaxs o‘zi haqida OAVda tarqatilgan, haqiqatga mos kelmaydigan va uning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazadigan ma’lumotlar yuzasidan tahririyatdan raddiya berishni talab qilishga haqli.
Material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxs mazkur OAVda raddiya yoki javob e’lon qilish, shuningdek zararni undirish va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida sudga murojaat etishi mumkin.