Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10405 marta o'qildi

Bloger tushunchasi

Bloger — Internetdagi o‘z veb-sayti yoki veb-sayt sahifasida hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatdagi axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan uni foydalanuvchilar muhokamasi uchun taqdim etuvchi jismoniy shaxs.

Blogerning sahifasi rasman OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa ham, u Internetda axborot tarqatishga oid qonunchilik talablariga rioya qilishi shart.

Blogerning asosiy majburiyatlari

Bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan oldin uning to‘g‘riligini tekshirishi kerak. Joylashtirilgan ma’lumot noto‘g‘ri ekani aniqlansa, uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

Bloger o‘z veb-sayti, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi, boshqa axborot resursi va tezkor xabar almashish tizimlarini taqiqlangan axborotni aniqlash maqsadida muntazam monitoring qilishi lozim.

Muhim: bloger faqat o‘zi joylashtirgan postlarga emas, balki qonun talablaridan kelib chiqib, o‘z resursida joylashtirilgan taqiqlangan axborotni aniqlash va uni darhol bartaraf etish choralarini ko‘rishga ham mas’ul.

Tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan axborot

Bloger o‘z resursidan quyidagi maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart:

  • konstitutsiyaviy tuzum yoki hududiy yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
  • ommaviy tartibsizliklar, zo‘ravonlik yoki qonunga xilof ommaviy tadbirlarda ishtirok etishga chaqirish va bunday harakatlarni muvofiqlashtirish;
  • jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborot tarqatish;
  • urush, terrorizm, diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilish;
  • davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor qilish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish;
  • shaxsning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazish va uning shaxsiy hayotiga aralashish;
  • sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ishlov berish yoki ularni tarqatish;
  • jamiyat, davlat yoki davlat ramzlariga hurmatsizlikni ifodalovchi axborot tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, pornografiya, zo‘ravonlik yoki shafqatsizlikni targ‘ib qilish, o‘z joniga qasd qilishga chaqirish;
  • boshqa shaxslarga tegishli intellektual mulk ob’ektlaridan qonunga xilof foydalanish;
  • fuqarolarni, shu jumladan voyaga etmaganlarni hayot yoki sog‘liq uchun xavfli g‘ayriqonuniy harakatlarga undash.

Talablar buzilganda

Qonun talablari bajarilmasa:

Chat