Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2276 marta o'qildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I — VIII) turlarga bo‘linadi:
  • I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;
  • II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-bo‘lim);
  • III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
  • IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
  • V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
  • VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
  • VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar;
  • VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan 2 yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi:
  • ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi;
  • psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosaci;
  • ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan bolalar uchun);
  • o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan bolalar uchun);
  • bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma:
  • pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi;
  • psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;
  • otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun — so‘zlashuv nutqi va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari);
  • oftalьmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun batafsil tashxisi);
  • ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun).

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:
  • eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar bo‘lgan bolalar);
  • ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar);
  • nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);
  • tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, poliomielit, miopatiya, osteomielit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining etishmovchiligi — pakanalik);
  • psixik rivojlanishi sust bolalar;
  • aqli zaif bolalar;
  • murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p etishmovchilik bo‘lgan bolalar).

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:
  • aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);
  • xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo‘lgan bolalar;
  • tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar;
  • ko‘r-kar-soqov bolalar;
  • tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik dementsiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;
  • markaziy asab tizimiga shikast etganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tegishli muassasalarga yo‘llanadi yoki ularga yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi.

Chat