Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1579 marta o'qildi

Poluchenie obrazovaniya litsami s invalidnostьyu

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlari bo‘lgan bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan bolalarning rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik nuqsonlar RO‘YXATI:

  • 1. Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi).
  • 2. Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik).
  • 3. Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlik (amovroz); tug‘ma nuqsonlar (mikroftalьm, mikrokornea, anoftalьm, to‘r pardaning rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar; ko‘rish nervining atrofiyasi, ko‘rish nervi disk va makulasining og‘ir darajadagi gipoplaziyasi, alьbinizm, aniridiya, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada to‘liq yoki qisman xiralashish, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), afakiya (ko‘z gavxari yo‘qligi, ko‘rish o‘tkirligi 0,4 gacha), ko‘z gavxari siljishi (joy o‘zgarishi); glaukoma (tug‘ma, ikkilamchi); to‘r pardaning ko‘chishi).
  • 4. Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; ko‘krak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar tserebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; to‘g‘ma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); to‘g‘ma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat).
  • 5. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi).
  • 6. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (engil va o‘rta darajadagi aqliy zaiflik).
  • 7. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).
Chat