Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1416 marta o'qildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash tashkil etildi. Uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati, O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi hamda Tadbirkor nogiron-ayollar milliy assotsiatsiyasi rahbarlari kiritildi.

Idoralararo kengashning zimmasiga nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limini rivojlantirish, ularni kasbga tayyorlash va malakasini oshirib borish uchun muqobil shakldagi o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • ta’lim muassasalarini bitiruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning tavsiya etilgan kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning korxona va tashkilotlardagi ish joylarini jihozlash, moslashtirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy mehnat sharoitlarini tashkil etish;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni ular ishga joylashgandan so‘ng hamda tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlagandan keyin qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini tatbiq etish.

Davlat buyurtmachilariga elektron kooperatsiya birjasi portalida ro‘yxatdan o‘tgan, ishlovchi xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat va nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Chat