Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengash ularning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi.
Kengashga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori zimmasiga yuklatilgan.
Asosiy vazifalar
Idoralararo kengash:
- inklyuziv ta’limni rivojlantirish, kasbga tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
- ta’lim tashkilotlarini bitirgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tashini tashkil etadi;
- ish joylarini jihozlash va moslashtirishga ko‘maklashadi;
- zarur mehnat sharoitlarini yaratish choralarini ko‘radi;
- ishga joylashgan, tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etadi.