Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1208 marta o'qildi

Ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash tartiblari belgilandi

Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi.

Nafaqa — qonunchilik hujjatlariga muvofiq nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilga, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga, Qonunda belgilangan shartlar va me’yorlarga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga tegishli ravishda nafaqa yoshiga to‘lishi, nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul to‘lovi.

  • Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar yoki ularning qonuniy vakillari nogironlik nafaqasini olish huquqiga egadirlar.       
  • Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vakolatli organning «Pensiya» axborot tizimiga yuborilgan elektron ma’lumotlar asosida «proaktiv shakl»da tayinlanadi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaga va (yoki) uning qonuniy vakiliga «proaktiv shakl»da ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha nafaqa tayinlanadi.


Agentlik tibbiy ko‘rikka kelgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra nogironlik belgilangan taqdirda, bolaga va (yoki) uning qonuniy vakiliga «proaktiv shakl»da nafaqalarni tayinlash uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron ma’lumotlarni «TIEK» axborot tizimi orqali nogironlik belgilangan 18 yoshgacha bolaning va (yoki) uning qonuniy vakilining doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha vakolatli organning «Pensiya» axborot tizimiga yuboradi.


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi OIVga chalingan 18 yoshgacha bola va (yoki) uning qonuniy vakiliga «proaktiv shakl»da nafaqani tayinlash uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron ma’lumotlarni «OITSga qarshi kurash» axborot tizimi orqali OIVga chalingan 18 yoshgacha bola yoki uning qonuniy vakilining doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha vakolatli organning «Pensiya» axborot tizimiga yuboradi.

Chat