Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2617 marta o'qildi

Qonunchilikga ko‘ra, 2024-yil 1 apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno):

  • 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolьver asosida;
  • ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
  • er maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa er egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;
  • 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi.

Bunda:

 

  • chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar tuman (shahar) veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan etkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) sotib olishga;
  • aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.

Mahallaga biriktirilgan bank va hokim yordamchisi mahalladagi kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan oilaviy tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi uchun teng manfaatdor va javobgar bo‘ladi.

Chat