Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9787 marta o'qildi

Ixtisoslashtirilgan Markaz va Jamg‘arma

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlangan.

Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari

Jamg‘arma mablag‘lari va imkoniyatlari, jumladan:

  • bemor bolalarni o‘z vaqtida diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishga;
  • zarur hollarda respublikada va xorijda yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashishga;
  • zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga;
  • Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
  • bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasida mutaxassislar malakasini oshirishga;
  • ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy davolash usullarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin.

18 yoshdan keyin ham bepul davolanish mumkinmi?

2024-yil 1-iyuldan onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan bemorlar (21 yosh ham kiradi) belgilangan tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

Bu imkoniyat, jumladan:

  • Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida;
  • Bolalar milliy tibbiyot markazida;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining tegishli bo‘limlarida;
  • bemor voyaga etguniga qadar ushbu kasallik bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida nazarda tutilgan.

Ayrim kasalliklar va holatlar bo‘yicha bunday bemorlarni 22 yoshga etgunga qadar kuzatish va davolash imkoniyati ham belgilangan tartib asosida nazarda tutilishi mumkin.

Chat