Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 14741 marta o'qildi

Sertifikat kimlarga kerak

Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabulda xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat talab etiladi.

Talab qilinadigan daraja talabgor tanlagan ta’lim sohasiga qarab farq qiladi.

C1 talab qilinadigan yo‘nalishlar

Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabulda sertifikat darajasi kamida C1 bo‘lishi shart.

Masalan, tan olingan ingliz tili sertifikatlari ro‘yxatida C1 darajasiga:

— IELTS Academic — 7.0–8.0;

— TOEFL iBT — 95–113;

— Cambridge English Qualifications C1 Advanced — 180–199 kabi natijalar mos keladi.

B2 talab qilinadigan sohalar

Quyidagi ta’lim sohalarida kamida B2 darajasi talab qilinadi:

— gumanitar fanlar;

— biologik va turdosh fanlar;

— matematika va statistika;

— biznes va boshqaruv;

— huquq;

— xizmat ko‘rsatish;

— ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar;

— jurnalistika va axborot;

— axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Ingliz tili bo‘yicha B2ga, jumladan:

— IELTS Academic — 5.5–6.5;

— TOEFL iBT — 72–94;

— Cambridge B2 First — 160–179 mos keladi.

B1 talab qilinadigan sohalar

Yuqorida C1 yoki B2 belgilanmagan boshqa ta’lim sohalari, shuningdek madaniyat va sport mutaxassisliklari uchun kamida B1 darajadagi sertifikat talab etiladi.

Amaldagӣ ro‘yxatda ingliz tili bo‘yicha B1 darajasiga, jumladan:

— milliy sertifikat — B1;

— IELTS Academic — 4.0–5.0;

— TOEFL iBT — 42–71;

— Cambridge B1 Preliminary — 140–159 darajalari mos keladi.

Eslatma: sertifikatning o‘zi mavjud bo‘lishi etarli emas. Uning darajasi talabgor tanlagan magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosligi uchun belgilangan C1, B2 yoki B1 minimal talabiga mos bo‘lishi shart.

Qaysi sertifikatlar tan olinadi

Tan olinadigan sertifikatlar alohida normativ ro‘yxat bilan belgilanadi.

Ingliz tili bo‘yicha ro‘yxatda, jumladan:

— chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat;

TOEFL iBT;

Cambridge English Qualifications;

IELTS Academic;

— iTEP Academic Plus;

— ayrim maqsadlar uchun Aptis va Cambridge Linguaskill kabi sertifikatlar mavjud.

Ro‘yxat frantsuz, nemis va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha ham tan olinadigan milliy va xalqaro sertifikatlarni o‘z ichiga oladi.

Ro‘yxat yangilanib turadi

Sertifikatlar ro‘yxati o‘zgarmas hujjat emas. Unga 2025-yilda 3515-1, 2026-yil 2 iyunda esa 3515-2 raqami bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.

Chat