Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 8506 marta o'qildi

Milliy shaffoflik tizimining vazifasi

Milliy shaffoflik tizimi issiqxona gazlari ajratmalarini monitoring qilish, ular haqida hisobot tuzish va ma’lumotlarni tekshirish uchun joriy etilgan.

Tizim Parij bitimi doirasida O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini baholashga xizmat qiladi.

Tizim ishtirokchilari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi milliy organ hisoblanadi. U:

  • vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • issiqxona gazlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va sifatini nazorat qiladi;
  • MRV tizimi va onlayn platformani yuritadi;
  • issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish milliy reestrini shakllantiradi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi issiqxona gazlari milliy xatlovi hisobotini tayyorlaydi va xalqaro hisobotlarga kiritadi.

Energetika, qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar, sanoat va savdo sohasidagi vakolatli organlar tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi hamda milliy organga taqdim etadi.

Ma’lumotlarni taqdim etish

Hisobot beruvchi tashkilotlar issiqxona gazlari ajratmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etadi. Ma’lumotlar «Yashil iqtisodiyot» onlayn platformasiga davriy ravishda yuklanadi.

Milliy shaffoflik tizimi tayyorgarlik, tajriba-sinov va to‘liq joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.

Hisobot beruvchi sub’ektlar doirasi, qamrab olinadigan emissiya turlari va ma’lumot taqdim etish mezonlari vakolatli komissiya tomonidan belgilanadi.

Tizim Prezidentning 2024-yil 5-iyundagi PQ-213-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30 noyabrdagi 800-son qarori asosida joriy etilgan.

Chat