Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1337 marta o'qildi

Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1 yanvardan “Korruptsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi. 

Aholi va davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
  • korruptsiyaga qarshi kurashishga mas’ul hamda korruptsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
  • davlat xizmatchilarining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reestrini yuritish;
  • korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yuritish;
  • korruptsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
Chat