Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9212 marta o'qildi

Tibbiyot xodimi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Qanday harakatlar javobgarlikka sabab bo‘ladi?

Qonunchilik tibbiyot xodimining o‘z kasbiy vazifalarini qonuniy ravishda bajarishiga to‘sqinlik qilishni taqiqlaydi.

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda unga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bunda asosiy shart — tibbiyot xodimi amalga oshirayotgan tibbiy faoliyat qonuniy bo‘lishi va shaxsning harakati ushbu faoliyatga to‘sqinlik qilish yoki unga noqonuniy ta’sir o‘tkazishga qaratilgan bo‘lishi hisoblanadi.

Qanday jazo belgilangan?

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun:

  • fuqarolarga — BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima;
  • mansabdor shaxslarga — BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin.

Javobgarlik tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatiga tashqi aralashuvlarning oldini olish hamda uning qonuniy vazifalarini erkin bajarishiga huquqiy kafolat yaratishga qaratilgan.

Chat