Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11846 marta o'qildi

G‘oliblarga beriladigan pul mukofoti

Belgilangan xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (oltin medalь) — 2500 BHM;

2-o‘rin (kumush medalь) — 1500 BHM;

3-o‘rin (bronza medalь) — 1000 BHM.

Ushbu miqdorlar 2025-yilda yangi tahrirda belgilangan.

BHM — qonunchilikda belgilangan to‘lovlar, jarimalar va boshqa miqdorlarni hisoblashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori.

O‘qituvchilarga mukofot

Xalqaro olimpiada g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchiga:

— oltin medalь uchun — 450 BHM;

— kumush medalь uchun — 250 BHM;

— bronza medalь uchun — 150 BHM miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

O‘qituvchi va direktorlarga ustama

Xalqaro olimpiada g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchi va ta’lim muassasasi direktoriga navbatdagi o‘quv yili davomida direktorning rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan:

— oltin medalь uchun — 200 foiz;

— kumush medalь uchun — 175 foiz;

— bronza medalь uchun — 150 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Qaysi olimpiadalar nazarda tutilgan

Belgilangan xalqaro olimpiadalar qatoriga:

— Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO);

— Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO);

— Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO);

— Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO);

— Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) kiradi.

Pul mukofotining so‘mdagi aniq miqdori to‘lov vaqtida amal qilayotgan BHM miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Chat