Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1378 marta o'qildi

Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladilar.

Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar, tegishli bo‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda uning o‘zida saqlanib qoladi.

  • Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo‘ladi.

Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo‘ladi.

  • Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va berilmaydi.
  • Agar natija ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ular hammualliflar hisoblanadilar. Intellektual mulkning ayrim ob’ektlariga nisbatan qonunda asarning to‘laligicha hammualliflari deb hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qo‘yilishi mumkin.

Intellektual mulk ob’ektlari.

Chat