Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1506 marta o'qildi

Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk ob’ektidan o‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo‘ladi.

  • Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
  • Intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazishga, intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo‘lmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.

Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk ob’ektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo‘li bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

  • Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk ob’ektidan normal foydalanilishiga o‘rinsiz ziyon etkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.

Shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Mutlaq huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishi

Intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin, shuningdek bu mutlaq huquqlar meros bo‘lib va yuridik shaxs — huquq egasi qayta tashkil etilganda huquqiy vorislik tartibida o‘tadi.

Mulkiy huquqlarning shartnoma bo‘yicha o‘tkazilishi yoxud ularning universal huquqiy vorislik tartibida o‘tishi mualliflik huquqining va boshqa begonalashtirilmaydigan hamda o‘zgaga o‘tkazilmaydigan mutlaq huquqlarning o‘tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo‘lmaydi. Bunday huquqlarning o‘tkazilishi yoki cheklanishi to‘g‘risidagi shartnoma shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

  • Shartnoma bo‘yicha o‘tkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab qo‘yilishi lozim. Shartnomada boshqa shaxsga o‘tkaziladigan huquq sifatida ko‘rsatilmagan huquqlar, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, o‘tkazilmagan deb hisoblanadi.

Mutlaq huquqni uning amal qilish davrida cheklangan vaqtga boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Chat