Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1064 marta o'qildi

Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratish va o‘zining ish beruvchisi bo‘lmagan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi mumkin.

Shartnoma yaratilishi lozim bo‘lgan intellektual faoliyat natijasining xususiyatini, shuningdek undan foydalanish maqsadlari yoxud usullarini belgilashi lozim.

Muallif zimmasiga ushbu muallif kelgusida yaratadigan har qanday intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish uchun mutlaq huquqlarni birorta shaxsga berish majburiyatini yuklaydigan shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaning muallifning kelgusida muayyan turdagi yoxud muayyan sohadagi intellektual faoliyat natijalarini yaratishini cheklaydigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquq bunday natija yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vosita ifodalangan moddiy ob’ektga nisbatan mulk huquqidan qat’i nazar mavjud bo‘ladi.

Intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal qiladi.

  • Qonunda nazarda tutilgan hollarda intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqning amal qilishi undan muayyan vaqt mobaynida foydalanilmasligi oqibatida bekor qilinishi mumkin.

Intellektual mulk ob’ektlari

Chat