Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1286 marta o'qildi

Mulkiy huquqlar faqat mualliflik shartnomasini tuzish yo‘li bilan huquq egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin, Fuqarolik kodeksida va boshqa qonunlarda belgilangan hollar bundan mustasno.

Muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida yoki mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

  • Mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi faqat ushbu huquqlar o‘tkazilayotgan shaxs asardan muayyan usulda va shartnomada belgilangan doirada foydalanishiga ruxsat beradi.

Mutlaq bo‘lmagan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi mualliflik shartnomasi foydalanuvchiga asardan shunday huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazgan mutlaq huquqlar egasi va (yoki) bu asardan ayni shunday usulda foydalanish uchun ruxsat olgan boshqa shaxslar bilan teng ravishda foydalanishga ijozat beradi.

  • Mualliflik shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkaziladigan huquqlar, agar shartnomada bevosita boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, mutlaq bo‘lmagan huquqlar hisoblanadi.
  • Asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy ob’ektga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq emas.

Moddiy ob’ektga bo‘lgan mulk huquqini yoki moddiy ob’ektga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish shu ob’ektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan biron-bir mualliflik huquqining o‘z-o‘zidan boshqa shaxsga o‘tkazilishiga sabab bo‘lmaydi.

Mualliflik shartnomasining shartlari.

Intellektual mulk ob’ektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.

Mualliflik shartnomasi namunasi.
 

Chat