Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1221 marta o'qildi

Ixtiro, foydali modelь va sanoat namunasiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.

Ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

  • Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasidan o‘z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan echimlarni qo‘llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o‘z ishlab chiqarishida qo‘llash, muhofazalangan echimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.

Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.

Patentlangan ixtironi, foydali modelь yoki sanoat namunasini qo‘llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.

  • Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.
  • Patent olish huquqi, talabnomani ro‘yxatdan o‘tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar, patentga egalik huquqi va patentdan kelib chiqadigan huquqlar boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman berilishi mumkin.   

Ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.

Ixtiro, foydali modelь, sanoat namunasiga bo‘lgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.

Chat