Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1736 marta o'qildi

Sanoat mulki ob’ektiga bo‘lgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo‘ladi va patent bilan tasdiqlanadi.

Agar sanoat mulki ob’ektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Vazirlikka birinchi bo‘lib topshirgan shaxsga tegishli bo‘ladi.

Muallif (hammualliflar), agar o‘zi (o‘zlari) yaratgan sanoat mulki ob’ektini boshqalar g‘ayriqonuniy o‘zlashtirib olishi natijasida bu ob’ektga talabnoma topshirilgan yoki patent olingan bo‘lsa, patent berilganligi yuzasidan nizolashish yoxud patent egasi sifatida o‘ziga (o‘zlariga) patentning o‘tkazilishini sud tartibida talab qilish huquqiga ega.

  • Sanoat mulki ob’ektining patenti davlat ekspertizasi o‘tkazilganidan keyin beriladi.
  • Sanoat mulki ob’ektining patenti sanoat mulki ob’ekti ustuvorligini, unga mualliflikni va patent egasining sanoat mulki ob’ektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Patent egasining mutlaq huquqi sanoat mulki ob’ekti ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran amalda deb hisoblanadi.
Vazirlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan e’tiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti 10 yil mobaynida, foydali modelь patenti 5 yil mobaynida amal qiladi.

Ixtiro patentining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda patent egasining iltimosnomasiga binoan Vazirlik tomonidan ko‘pi bilan 5 yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bunday ixtiro patentining amal qilishini uzaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ma’muriy reglament bilan belgilanadi.

Sanoat namunasi patentining va foydali modelь patentining amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan Vazirlik tomonidan tegishincha 5 yilga hamda 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

  • Ixtiro hamda foydali modelь patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti ta’minlaydigan huquqiy muhofaza hajmi esa buyumning (maketning, rasmning) tasvirida aks ettirilgan muhim belgilari va (yoki) ularning kombinatsiyasi (bundan buyon matnda uning muhim belgilari majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
  • Sanoat mulki ob’ekti patenti, shuningdek uni olish huquqi meros bo‘lib o‘tadi.

Sanoat na’munalari bo‘yicha davlat xizmatlari

Chat