Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1183 marta o'qildi

Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) uni ro‘yxatdan o‘tkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquq tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.

Tovar belgisini belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.

  • Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat unga bo‘lgan huquq egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
  • Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.

Tovar belgisidan oxirgi 3 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida uzrli sababsiz uzluksiz foydalanilmagan taqdirda, uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi istalgan manfaatdor shaxsning talabi bo‘yicha sudning qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin. Tovar belgisidan foydalanish uchun litsenziya berilishi undan foydalanish deb hisoblanadi.

Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli.

Tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazish.

Chat