Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12205 marta o'qildi

Garov reestriga yozuv kiritish va undan ko‘chirma olish ikki baravar arzonlashdi  | NORMA.UZ

Kimlar imtiyozli ta’lim krediti olishi mumkin

Respublikadagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy hamda professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun imtiyozli ta’lim krediti tizimi amal qiladi.

Kredit tijorat banklari orqali ajratiladi va ta’lim uchun kontrakt to‘lovini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Foiz to‘lovlari qanday qoplanadi

Xotin-qizlar uchun ta’lim krediti bank tomonidan 14 foiz stavkada rasmiylashtiriladi.

Biroq ushbu kredit bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bankka to‘lab beriladi.

Shu sababli xotin-qizlar uchun mazkur mexanizmda asosiy moliyaviy yuk kreditning asosiy qarzini qaytarishdan iborat bo‘ladi.

Asosiy qarz qachon qaytariladi

Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan keyin 7-oydan boshlab qaytariladi.

Qarzni qaytarish uchun 7 yil muddat belgilangan.

Garov va kafillik qachon talab qilinmaydi

Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim krediti uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.

Ushbu qoida 2026-yil 1 fevraldan yangi tahrirda amal qilmoqda.

Eslatma: garov va kafillik talab qilinmasligi haqidagi imtiyoz barcha xotin-qizlarga emas, balki Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlariga taalluqli.

Kredit miqdori

Oliy ta’limning 2-kurs va undan yuqori bosqichida:

— GPA 3 dan past bo‘lsa — kontraktning ko‘pi bilan 80 foizi, dastlabki 20 foiz talaba tomonidan to‘langanidan keyin;

— GPA 3 va undan yuqori bo‘lsa yoki talabgor Ijtimoiy reestrdagi oila a’zosi bo‘lsa — kontrakt summasi miqdorida kredit ajratiladi.

Birgalikda qarz oluvchi sifatida doimiy daromadga ega oila a’zolari yoki boshqa uchinchi shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Chat