Transport vositasi egasi majburiy avtosug‘urtani amalga oshirish huquqiga ega sug‘urta tashkiloti, uning filiali yoki sug‘urta agentiga murojaat qiladi.
Shartnomani sug‘urtalovchining elektron xizmatlari orqali ham tuzish mumkin.
Har bir transport vositasi bo‘yicha ariza-anketa to‘ldiriladi. Undagi ma’lumotlarni tekshirish uchun holatga qarab quyidagilar taqdim etiladi:
Sug‘urta qildiruvchi taqdim etgan ma’lumot va hujjatlarning to‘liqligi hamda haqiqiyligi uchun javob beradi.
Agar zarur ma’lumotlar majburiy sug‘urtaning yagona axborot bazasida mavjud bo‘lsa, sug‘urtalovchi tegishli qog‘oz hujjatlarni qayta talab qilmasdan shartnoma tuzishga haqli.
Avvalgi sug‘urta hodisalari va haydovchilarning sug‘urta tarixi ham yagona axborot bazasidan olinishi mumkin.
Cheklangan polisda avtomobilni boshqarishga ruxsat etilgan shaxslar ariza va polisda ko‘rsatiladi.
Shu sababli:
Cheklanmagan polisda avtomobilni boshqaruvchi shaxslar soni cheklanmaydi. Mulkdor, uning yaqin qarindoshlari va boshqa foydalanuvchilar polisda alohida ko‘rsatilmaydi.
Bunday polis uchun haydovchilarning to‘liq ro‘yxati va har birining haydovchilik guvohnomasini taqdim etish talab qilinmaydi. Biroq cheklanmagan foydalanish uchun sug‘urta mukofotiga alohida koeffitsient qo‘llanadi.
Avtomobilь davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, arizadagi «Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami» satri to‘ldirilmaydi.
Avtomobilь ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin uning egasi 3 ish kuni ichida sug‘urtalovchiga texnik pasport yoki ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi nusxasini taqdim etishi kerak. Sug‘urtalovchi polis ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirish kiritadi.
Qoida tariqasida, majburiy sug‘urta shartnomasi 1 yilga tuziladi.
Bunda:
Polis hisoblangan sug‘urta mukofoti to‘langanidan keyin Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida rasmiylashtiriladi.
Hujjatlar va shartnoma tuzish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori hamda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilangan.