Majburiy avtosug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir sug‘urta hodisasi uchun umumiy sug‘urta summasi — 80 million so‘m.
U quyidagicha taqsimlanadi:
Muhim: 80 million so‘m har bir jabrlanuvchiga avtomatik ravishda to‘lanadigan summa emas. Tovon amalda etkazilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan zarar miqdorida, belgilangan limitlar doirasida to‘lanadi.
Bir nechta jabrlanuvchi bo‘lsa va ularning umumiy talabi tegishli limitdan oshsa, sug‘urta tovoni zarar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sug‘urta summasi — sug‘urtalovchi javobgar bo‘lgan eng yuqori limit.
Sug‘urta mukofoti — polisni rasmiylashtirish uchun transport vositasi egasi to‘laydigan mablag‘.
Mukofotni hisoblashda:
2026-yildan yillik bazaviy stavka sug‘urta summasiga nisbatan:
Hudud koeffitsienti:
Cheklanmagan polis uchun qo‘shimcha 2,0 koeffitsient qo‘llanadi.
Oldingi 12 oyda haydovchi aybdor bo‘lgan sug‘urta hodisalari mavjud bo‘lsa:
Boshqa koeffitsientlar 1,0 bo‘lgan engil avtomobilь uchun bazaviy yillik mukofot:
Cheklanmagan polis tanlansa, ushbu hisobga 2,0 koeffitsient qo‘llanadi:
Haydovchining staji, yoshi, qoidabuzarliklari yoki sug‘urta hodisalari mavjud bo‘lsa, yakuniy summa farq qilishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan mukofotning yozma yoki elektron hisob-kitobini talab qilishga haqli. Zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, hisob-kitob 2 ish kuni ichida berilishi kerak.
Qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida siylov beriladi. Imtiyozdan foydalanish uchun uni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi yoki tegishli ma’lumot elektron tizim orqali tekshiriladi.
Sug‘urta summasi va tariflar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-son qarori hamda 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaror bilan tasdiqlangan Qoidalar asosida belgilanadi.