
Yo‘l-patrulь xizmati xodimi transport vositasini faqat qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda to‘xtatishi mumkin. Bunday asoslarga, jumladan:
Boshqa asoslarga ko‘ra transport vositasini to‘xtatish taqiqlanadi.
Transport vositasi to‘xtatilgandan keyin YPX xodimi haydovchining oldiga borib:
YPX xodimi xizmat vazifalarini mobilь videokameradan foydalangan holda oshkora olib borishi hamda yo‘l harakati qatnashchisiga videokameradan foydalanayotganini ma’lum qilishi shart.
Qoida tariqasida, haydovchi YPX xodimi bilan transport vositasi kabinasidan chiqmasdan muloqot qilish huquqiga ega.
Biroq Nizomda nazarda tutilgan ayrim hollarda, masalan transport vositasidagi texnik nosozlikni bartaraf etish, mastlikka asosli shubha bo‘lishi, dvigatelь yoki agregat raqamlarini solishtirish, hujjatlar yoki yukni tekshirish zarurati, haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinishi kabi holatlarda haydovchidan transport vositasidan chiqish talab qilinishi mumkin.
Ha. Maxsus tadbir doirasida transport vositasi to‘xtatilganda YPX xodimi tadbir qanday maqsadda o‘tkazilayotgani va to‘xtatish sababini tushuntirishi kerak.
Haydovchi maxsus tadbir haqiqatan tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilayotganini DYHXXning axborot-dispetcherlik xizmati orqali yoki xodim xizmat olib borayotgan saf bo‘limi rahbariga murojaat qilib tekshirishi mumkin. Talab qilinganda YPX xodimi tegishli dispetcherlik xizmati telefon raqamini berishi kerak.
Bunda maxsus tadbirning shartli nomi, to‘liq mazmuni, ko‘lami va uni o‘tkazishga asos bo‘lgan xizmat hujjatlari fuqaroga ko‘rsatilmaydi.
Ha. Yo‘l harakati qatnashchisi YPX xodimi bilan muloqotini o‘zining audio, foto va video qurilmalariga qayd etish huquqiga ega.
Foto va video tasvirga olish taqiqlangan maxsus belgi mavjud hududlar bundan mustasno.
Shuningdek, haydovchi:
Eslatma: YPX xodimi transport vositasini to‘xtatganda haydovchi to‘xtatish sababini bilish huquqiga ega. Nizomda ko‘rsatilmagan boshqa sabab bilan transport vositasini to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi.